Bosh sahifa Sertifikatlar Muolajalar Fotogalereya Bog'lanish

Hijoma HAQIDA


Bismillaxir roxmonir rahiym

Alloh Ta'ologa hamdu sanolar, U Zotning bashariyatga muallim qilib jo'natgan Payg'ambari xazrati Muhammad, ahli baytlari, sahobalari va tobeyinlariga durudu salovatlar bo'lsin!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.

Biz ushbu maqolamizda Hijoma (qon oldirish), uning ma'nosi, fazilati, foydasi, uni qanday amalda qo'llanishi hamda, qaysi kunlarda qilinishi haqida so'z yuritamiz.

Avvalo:

Hijoma so'rmoq ma'nosidagi hajm so'zidan olingan. Bola ona ko'kragini so’rsa – emsa, arabchasiga: "Hajama as-sabiyu ummahu" – deyiladi. Qon olguvchi shaxs ham, qonni so'rib olish qo'li bilan olsa, uni "Hajjom" deyiladi. Qon olish kasbiga: "Hijoma", qon olinadigan asbob uckunaga esa: "Mihjam" deyiladi. (Lisanul-arab kitobidan)

Fukaxolarning Hijomaga bergan ta'riflari:

Ba'zi olimlar Hijomani (so'rib olish sharti bilan) so'rib olish asbobi orqali boshning orqa tomonidan qonni chiqarib olishga qayd etib – xoslab qo'yadilar.

Zarkoniy esa: "Hijoma" faqatgina, boshning orqasiga hos emas balki, badanning boshqa o'rinlaridan ham Hijoma qilish mumkin ya'ni, Hijoma yo'li bilan buzilgan qonni chiqarib tashlash mumkin” – deydilar. Xattobiy ham ushbu fikrni qo'llab-quvvatlaydilar.

Xullas, "So'rib olishga moslangan (xox qadimiy, xox zamonaviy) asbob-uskuna bilan buzilgan qonni jasad – badandan chiqarib tashlashni Hijoma" – deyiladi.

Hijoma qadimdan ma'lumu mashxurdur. Qadimgi Chinliklar (Xitoylar), Bobilliklar va Fir'avnlar davrlarida ham uni amalda qo'llashqan. Ulardan qolgan osori atikalarda ba'zi kasalliklarni Hijoma yo'li bilan davolashayotganligini tasvirlovchi suratlar bunga dalolat qiladi.

Qadimdagilar bu ishda ma'daniy (tillo, kumush) ka'slar (banka) va xo'kiz shoxlaridan foydalanganlar. Ular bu shoxlarni bemorning jasadidan qon olishmoqchi bo'lgan o'rniga qo'yib, uning ichidagi havoni shoxning uch qismidagi kichkina teshikcha orqali so'rib chiqarib, shoxning ichini havodan holi qilib qo'yganlar. Chunonchi, bu ishda shisha bankalardan ham foydalansa bo'ladi. Bir bo'lak paxta yoki shu kabi bir narsani banka ichida yondirib, uni havodan holi qilib, bemorning badanidan qon olinmoqchi bo'lgan o'rniga qo'yoladi, qo'yishdan avval mazkur o'rin biron narsa (ustara, olmos) bilan tilinadi.

Hijomaning fazilatlari:

Sayid ibn Zubayr raziyallohu anhu Ibn Abbos raziyallohu anhumodan, u kishi esa, Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivojat qilgan hadisni Imom Buhorij o’z sahihlarida rivouat qildilar:

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: Shifo uch narsadadir – asal ichishda, mehjam (hijomada ishlatiladigan asbob)ning tilishida (ya’ni, Hijoma qildirishda) va o't bilan kuydirishda. Va (men) ummatimni o't bilan kuydirib (davolanish)dan qaytaraman?». (Buhoriy: 5269)

Sahih Buhoriy va Muslimda quyidagi hadis ham rivoyat qilinadi: «Anas ibn Molik raziyallohu anhudan, hayyom (qon oluvchi)ning kasbi haqida so’ralganda, u zot: Rosululloh sollallohu alayhi va sallam Hijoma qildirganlar. U zot sollallohu alayhi va sallamga hajjomlik qilgan Abu Toyyibaga ikki so’ (o’rtacha 5 kg atrofida) ta’om berishga buyurib va ahillariga uning xirojidan bir oz kamaytirishni tayinladilar. Keyin (Rosululloh sollallohu alayhi va sallam) dedilar: Davolanishlaring uchun yeng afzal narsa Hijomadir. Yoki (ajtdilar), Hijoma davolaringizning eng munosiblaridandir».

Hijomaning foydasi:

Hijomaning kadimda ham, hozirda ham, juda ko’p hastaliklardan davolanishda sezilarli foydasi bor ekanligini amalda tajriba bilan ko’rilganligi sir emas.

Qujidagilar Hijoma amaliy ravishda qo’llanib, Alloh Taoloning izni bilan foydasi kuzatilgan hastaliklardir.

1 – Qon aylanish organlaridagi hastalik.
2 – Qon bosimi, yurak hastaliklari.
3 – Ko'krak og'rig'i, nafas qisishi.
4 – Bosh va ko'z og'riqlari.
5 – Bo'yindagi, qorin bo’shlig'idagi og’riqlar hamda muskullardagi bod (rematizm) kasalliklari.
6 – Ba'zi turdagi yurak, ko'krak hastaliklari hamda bo'g'inlardagi og'riqlar va hokazo...

Yana bir tomoni shundaki, ba'zi holatlarda Hijomaga atrofdan boshqa narsalar (dori-darmonlar) qo'shimcha qilinmagan holatda ham, u yolg'iz o'zi ham juda foydali bo'lib, og'riqni yengillashtiradi.

Hijomaning fojdalari haqida ko'proq ma'lumot olish uchun Ibn al-Kayyimning "Zodul-Ma'od"?, Ibrohim al-Hoziymiyning "Hijomaning hukm va fojdalari" nomli kitoblariga murojaat etilsin.

Hijomaning tariqasi:

Shoxdan yasalgan Hijoma asbobini badanning qon olinishi kerak bo'lgan joyiga o'rnashtirib, uning ingichka tomonidan ochib qo'ilgan kichkina teshikcha orqali ichidagi havoni so'rib olinib, teshikchani saqich (jachka) kabi yopishqoq narsa bilan to'sib qo'yiladi. Agar shox o'rniga zamonaviy banka ishlatilsa, u holda spirt, paxta, qog'oz parchasi yoki shu kabi biror narsani banka ichida yoqib havodan holi qilib, qon olinadigan o'ringa yopishtirib o'rnatiladi (Agar Hijoma uchun mahsus tayyorlangan moslama topilsa, u juda qulay). Uch daqiqadan to o'n daqiqagacha (shox ham huddi shunday) haligi o'ringa yopishib o'rnab turadi. Keyin uni ko'chirib olib, u joyni keskir (ustara, lezviya) kabi narsa bilan ohista mayda-mayda tilinadi. Keyin yuqoridagi ravishda bankani (yoki shoxni) haligi o'ringa qaytadan yopishtirib o'rnatiladi. Kuzatib turilsa, bir oz muddatda banka (yoki shox) buzilgan – aynigan qon bilan to'la bo'ladi. (Agar ehtiyoj sezilsa, shu ishni yana bir marta takrorlash mumkin). Kifoya qilarlik darajada buzilgan qonni chiqarib olingach bankani (yoki shoxni) ko’tarib olinadi. Jarohatlangan o'ringa paxta kujdirib, yoki shu kabi qonni to'xtatadigan biror tibbiy dori qo'yiladi.

Ko'proq ma'lumot olish uchun, doktor: Nizomiy al-Kabboniyning "Mayda jarrohlik" haqidagi bahsiga murojaat etilsin! Hijomani bilgan, tajribalik kishi ya’ni, hajjomlik malakasiga ega bo’lgan shaxs qilmoqligi shartdir!


Hijoma qilish vaqti:


Imom Termiziy Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlar hijoma qiladigan kunlaringizning eng yaxshisi 17, 19 va 21-kunlardir» (bu kunlar hijrij-kamariy hisobdagi oylar kunlaridir).

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Kimki hijoma qilmoqchi bo’lsa 17, 19 va 21- kunlarni tanlasin, sizlardan birortangizning qoni oshib ketib uni o'ldirib qo'ymasin» (ya'ni, agar birortangizning qoni suyulib, oshib ketsa qaysi kunda bo'lsa ham hijoma qilaversin. Bu izoh Ibnul Qoyyimning «Zodul-Ma'od» kitobidan olindi) Ibn Moja rivoyati.

Imom Ibn Moja Ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Och qoringa (ertalabda) qilingan hijoma yaxshiroqdir. Unda shifo va baraka bor, aql va zehnni oshiradi. Allohning barakasi bilan payshanba kuni hijoma qilinglar. Chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari hijomadan saqlaninglar. Dushanba va seshanba kunlari hijoma qilinglar, u Alloh Ayyubni musibatdan halos qilgan kun, unga musibatni chorshanba kuni yuborgandi. Mohov va pes chorshanba kuni yoki chorshanbaga o’tar kechasi pajdo bo’ladi". Imom Ibnul Qoyyim "Zodul-Ma'od" kitobida aytadilar: "Hadislarda mazkur 17,19 va 21- kunlar oyning ikkinchi yarmiga to'g'ri kelmoqda bu tabiblar ittifoq qilgan muddatga muvofiqdir. Bu hijoma uchun eng munosib vaqtga dalolat qiladi, holos. Agar kishi qaysidir sababga ko’ra badanidan qon oldirishga ehtiyoj sezsa qaysi kunda bo'lsa ham hijoma qilsa bo'laveradi". (Zodul Ma'od» 674 bet)

Hulosa:

Yuqorida aytib o'tganlarimizdan ma'lum bo'ladiki, hijoma ba'zi bir nodon odamlar o'ylaganidek foydasiz ish bo'lmay balki, qadim zamonlardan beri Hakimlar tomonidan tasdiqlangan juda ham fojdali tibbiy bir amaliyotdir. Bizlarga ota-onalarimizdan ham ko'ra mehribonroq bo'lgan Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam bizlarni bu ishga targ'ib qilib, o'zlari ham amalda qo'llaganlarini hisobga olgan holda, sizu biz musulmonlar bu manfaatlik ishdan foydalanmog'imiz darkor. Juda ko’p ulamolar hijomani amalda qo’llab, unga sunnat kabi amal qilib, bu borada kitoblar taklif etganlar. Sizu biz musulmonlarga mana shuning o'zi kifoyadir. Manba: (Tib va shifo)


    Qabul kunlari

Juma kunidan tashqari, har kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha.

Tushlik vaqti soat 12:00 dan 13:00 gacha


                            © Hijamabio.uz - 2018